O'quvchilar sharhlari — MyTeacher Onlayn Ingliz Tili Ilovasi
MyTeacher Bosh sahifaga qaytish
450+ real sharhdan tanlangan

O'quvchilarimizning onlayn ingliz tili tajribasi

Quyidagi sharhlar — o'quvchilarimiz Telegram kanalimizga yuborgan xabarlardan tanlab olingan. Matnlar imlo jihatidan yengil tahrirlangan, mazmuni o'zgartirilmagan.

A2 → B1

My teacher jamoasiga katta rahmat. A2 va B1 guruhida Zuhra teacher darslarni qiziqarli olib bordilar. Quiz testlar va short questions lar ayniqsa menga juda yoqdi. Nazoratchi ustozim Azizbek vaqtimga qarab vazifalarimni nazorat qildilar. My teacher orqali onlayn ta'limni samarali olib borish mumkinligiga ishondim.

— Gulmira R.

Farzandlarim sababli darslarga vaqtida qatnasha olmayapman, lekin Ozod ustoz dars o'tib boshlaganidan beri endi hammasiga tushunyapman — oldin tushunmay o'tib ketgan ekanman. MyTeacher jamoasiga katta minnatdorchiligimni bildiraman.

— Dilruxsor B.

My teacher platformasini 4–5 oydan beri kuzatdim, avval qo'shilmadim. Darslarni kuzatdim, mentorlarni kuzatdim — juda zo'r, kasbiga mehr qo'ygan ustozlar.

— Zulfiya

O'qituvchim juda pozitiv, darslarni qiziqarli va tushunarli o'tadilar. Dars o'tish metodlari, gapirish nutqlari juda ajoyib. Dars boshlanishidan oldin kreativ musiqalar bilan yaxshi kayfiyatda darslarni boshlaymiz. Ustozimiz qiyin narsalarni yengishda motivatsiya va yechim ko'rsatadilar.

— Aziza

CEFR B2

Mana natijalarim ham chiqdi. Mr Behruz va my teacher jamoasiga kattakon rahmat, sizlar yetarlicha ilm va ma'lumot berdingiz. Maqsadim C1 bo'lsa-da, o'zim yaxshi tayyorlana olmaganim uchun B2 chiqishini sezgandim — shunisiga ham shukr. Endi ko'proq tayyorlanish kerakligiga isbot bu.

— Nigora N.

Hozirda Zuhra teacherning guruhlarida o'qiyapman. Har bitta darsni yaxshi o'tadilar, mas'uliyatli — har kuni vazifamizni bajarishimizni ta'kidlaydilar. Nafaqat menga, buvimga ham yoqadi. Mentorim Shoxista teacherga ham rahmat, ular menga speaking oshishiga yordam berdilar.

— Nigina A.

Menga yoqqan tomoni — yo'lda ham, taksida ham bemalol eshitib ketyapman video darsliklarni. Bitta o'zbekchasini ko'rib olganimdan keyin inglizchasini bemalol tushunyapman.

— Ismigul

My teacher darslari menga juda yoqdi va tushunarli, ustozlari ham juda xushmuomila — erinmasdan barcha savollarimizga javob berishadi. Bu darslarni hali ham davom ettiryapman.

— Sevinch N.

Tibbiyot talabasi

Sababi tibbiyot sohasida o'qiyman. Bo'sh vaqtim kam, bitiruvchi kursman, dejurlarga turaman. Offlineda o'qiy olmayapman — shu uchun bu menga qulay bo'lyapti.

— O'quvchi

75/100

Kurs haqida fikrim yaxshi, lekin juda qoniqarli emas — nega desa dars soatlari kam. Ammo ustozlar juda yaxshi, tashlagan vazifalarimni vaqtida ko'rib beradilar. Agar ball yoki foiz shaklida aytsam — 75/100.

— O'quvchi

Bu sharhlar Telegram kanalimizga o'quvchilarimiz yuborgan xabarlardan tanlab olingan.

Siz ham sinab ko'ring