FAQ (eng ko'p so'raladigan savollar)

 

  1. Bu qanday sayt? 

    MYteacher.uz sayti sizga o'z bilimingizni boshqalarga o'rgatgan holda qo'shimcha daromad olishingiz uchun yaratilgan sayt hosiblanadi. Ya'ni siz agar biror bir fanni yoki hunarni o'rgata olsangiz va shunchaki bizning saytimizga bu haqida e'lon joylashtirib qo'ysangiz, biz uni hammaga namoish qilamiz va kimda kim manashu fan yoki hunarni pullik o'rganishni xohlasa, sizga aloqaga chiqadi.
  2. O'qituvchi oliy ma'lumotli bo'lishi shartmi?

    Yo'q, bu saytga istagan odam e'lon joylashtira oladi. Sizning DIPLOM yoki MEDAL laringiz biz uchun muhim emas. Bizga eng asosiysi, yurtdoshlarimiz Sizdan kerakli bilim o'rganishsa bo'ldi.
  3. O'qituvchi necha yoshda bo'lishi kerak? 

    O'qituvchining yoshi ham ahamiyatsiz, eng asosiysi o'zingizga bo'lgan ishonch va qiziqish. Hattoki shunday yosh shaxmat ustalari borki, ular 14-15 yosh bo'la turib kattalardan ko'ra yaxshi tushunishadi va o'rgata olishadi.
  4. E'lon joylashtirish qancha turadi?

    E"lon joylashtirish BEPUL, ha mutlaqo bepul. Faqatgina agar siz shu sayt orqali mijoz topib u bilan dars boshlasangizgina AGAR ISTASANGIZ bir soat darsingizni pulini MYteacherga o'tkazib berishingiz mumkin. Bu ham majburiy emas, shunchaki minnatdorchilikni iliq qabul qilamiz)